
"Xetafe" 9 yildan buyon "Atletiko" darvozasiga yo‘l topa olmayapti
"Atletiko" kecha La Liganing 16-turida "Xetafe"ni 1:0 hisobida engdi.
Opta statistik portali tarqatgan xabarga qaraganda, "Xetafe" 18 ta o‘yindan buyon "Atletiko" darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Aniqrog‘i, Diego Simeone "matraschilar" boshqaruvini o‘z qo‘liga olgandan buyon "Xetafe" birorta ham gol urolmayapti.
9 yildan buyon davom etib kelayotgan ushbu qora an’ana davomida “Xetafe” “Atletiko”ga qarshi 18 ta o‘yin o‘tkazgan va umumiy 34:0 hisobida imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar