Xavi tanishtiruv marosimida o‘z futbol falsafasi, dunyoning eng yaxshi murabbiyi va Messining xati haqida gapirdi

  • 8 noyabr, 2021, 18:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes tanishtiruv marosimida jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. 

 - Ertaga biz "Barselona"da mashg‘ulotlarni boshlaymiz. Menga ishonch bildirgan Laportaga rahmat. Men uyimga qaytdim. 

- Biz dunyoning eng yaxshi klubimiz va jamoa foydasi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Mening qaytishim uchun jon kuydirgan Mateu Alemani, Joan Laporta va Rafa Yustiga alohida rahmat aytaman. 

- "Mening aniq falsafam bor. Qatarda ishlaganimda o‘z g‘oyalarim ustida ishladim. Ayrim futbolchilar men targ‘ib qilmoqchi bo‘lgan o‘yinni tushunadi. Chiroyli futbol o‘ynab, yaxshi natijalarga erishmoqchimiz. 

- Meni Gvardiola bilan solishtirishlari yaxshi holat. U menga futbolchi va mutaxassis sifatida ko‘p narsalarni o‘rgatgan. O‘ylashimcha, Pep dunyoning eng yaxshi murabbiyi. 

- Afsonaviy Messi menga muvaffaqiyat tilab, xabar yubordi. 

- Mening jamoam ko‘proq to‘pga ega bo‘lishini va pressingda yaxshi ishlashini xohlayman. Biz to‘pni raqib jarima maydoniga qaytarmoqchimiz. Bu yangilik emas, bu "Barselona" falsafasi. 

- Avvalombor futbolchilar bilan suhbatlashishim lozim. Ayni vaqtda ularning ko‘pchiligi terma jamoa yig‘inida. Men "Espanol"ga qarshi uchrashuv oldidan shogidlarimga o‘z g‘oyalarim borasida tushuncha beraman. 

Men bo‘lmaganimda sodir bo‘lgan voqealarga izoh bera olmayman. Shuni bilaman, agar biz ma’lum qoidalar o‘rnatmasak, yaxshi natijalardan umid qilmasak ham bo‘ladi. 

"Barselona"ning mag‘lub bo‘lishi - men uchun dafn marosimiday gap. Yoshligimdan g‘alabalarga chanqoqman. Ko‘p narsalarni tuzatish ustida bosh qotiryapman. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!