Xabi Alonso uchta futbolchini olib kelishni talab qildi

  • 18 iyun, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ni qabul qilib olgan Xabi Alonso uchun AQShda boshlanayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati muhim sinov vazifasini bajarib beradi.

Tecno

Shunga qaramay, ispaniyalik mutaxassis jamoani o‘zi qo‘llaydigan taktikalarga moslashtirib boryapti. Fichajes nashriga ko‘ra, Xabi Alonso klub rahbariyatidan jahon chempionatidan keyin uchta transferni amalga oshirishni so‘ragan.

Manbada aytilishicha, “Real”ga tarkibni mukammal bo‘lishi uchun chap qanot himoyachisi, maydon markaziga kreativ yarim himoyachi va jarima maydonchasi ichida ustunlikni ta’minlab beradigan markaziy hujumchi kerak.

Madridliklar chap qanot himoyasiga “Benfika” vakili Alvaro Karrerasni mo‘ljallab qo‘ygan. Markaziy hujumchi sifatida Xabi Alonso La Ligada o‘zini ko‘rsatgan Ante Budimirni tanladi. Endi klub skautlari Toni Kroos va Luka Modrichdan qolgan bo‘shliqni to‘ldira oladigan ijodkor pleymeyker topishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!