
“Barsa” Niko Uilyamsdan o‘chini oladi
Transfer bozorida xaridori ko‘payib borayotgan o‘yinchilardan biri “Atletik Bilbao” va Ispaniya terma jamoasi vakili Niko Uilyams hisoblanadi.
Bu o‘yinchi maqsadi faqat “Barselona”da o‘ynash ekanini ochiq aytdi va “Real”, “Arsenal” kabi boshqa jamoalarga o‘tmasligini ta’kidladi.
Jurnalist Santi Ovallening yozishicha, Joan Laporta 22 yoshli futbolchining Kataloniyaga kelishiga yo‘l qo‘ymasligi mumkin. Gap shundaki, agar Niko Uilyams “Barselona”ga o‘tish niyati borligini aytmaganida, kataloniyaliklar unga e’tibor qaratmas edi.
Bilbao yulduzi “Atletik”dan faqat “Barselona”ga o‘tishini aytyapti. “Barsa” xo‘jayini Joan Laporta printsip nuqtai nazaridan bu transferga yo‘l qo‘ymasligi mumkin. Chunki bir yil avval kataloniyaliklar Niko Uilyamsni olishga juda yaqin edi. Biroq o‘shanda futbolchi ularning taklifiga rad javob bergan.
Endi vaziyat o‘zgardi. Niko Uilyams chempion jamoaga qo‘shilish uchun bir qator talablarini, xususan, so‘rayotgan maoshini ham pasaytirishga rozi.
Fikrlar