"Andijon"ning yangi uyi haqida nimalarni bilasiz?

  • 17 iyun, 23:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” futbol klubi uchun yangi qarorgoh barpo etildi va bu kun jamoa hamda uning muxlislarr uchun muhim sana bo‘lib qoladi. O‘tgan yilning oktyabr oyida qurilishi boshlangan obekt shu yilning iyun oyiga kelib to‘liq ko‘rinishga keltirildi. Tabiiyki, uning ochilish marosimi chinakamiga bayramona muhitni aks etdi.

Tecno

Tadbirda o‘zgacha shukuhda o‘tdi. Shaxsan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Shuningdek, klub bazasining ochilishida klub bosh homiysi –“Uzavtosanoat” rahbariyati, o‘zbek futboli asfonalari – Birodar Abduraimov, To‘lagan Isoqov, O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov, O‘zPFL vakillari, taniqli sharhlovchilar – Xayrulla Hamidov va Davron Fayziev, viloyat futboli faxriylari, nuroniylar, jamoat vakillari, muxlislar, asosiy va yoshlar jamoalari, OAV vakillari ishtirokida o‘tgan ushbu ochilish marosimi juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov so‘zga chiqib, mana shunday zamonaviy, barcha sharoitlarga ega bo‘lgan bazaning barpo etilishi yuzasidan xursandchiligini yashirmadi va buning uchun “Uzavtosanoat” rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Qolaversa, Birodar Abduraimov, To‘lagan Isoqov va Bekzod Mamatqulov ham “Andijon” jamoasi va muxlislarini mana shunday ajoyib qarorgoh bilan tabrikladilar.

Jamoaning yangi bazasi Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida umumiy maydoni 4,5 gektarni o‘z ichiga oladi. Bu o‘zining bohavo iqlimi bilan ham ajralib turadi, chunki hudud atrofida “Shaxrixonsoy” oqib o‘tadi.

Futbol qarorgohida uch qavat bino qad rostlagan, er to‘lasi bilan. Unda asosiy jamoa bilan U21 jamoasi istiqomat qiladi. Jami 114 kishiga mo‘ljallangan.

Shuningdek, u erda zamonaviy ko‘rinishdagi sauna-basseyn barpo qilingan. Uning xajmi 17x7 metr.

Basseynda alohida yuvinish xonasi, turk hammom, parxona, jakuzi va muzxona mavjud. Binoning er to‘lasida esa ikkita trenajyor zali joylashgan.

Qolaversa, er to‘lada shuningdek, alohida mini o‘yingoh ham yaratilgan va shu bilan birga mashg‘ulot maydoniga chiqish uchun echinish xonasi mavjud.

Yangi qarorgohda ikkita 108x66 hajmdagi futbol maydoni bitkazilgan. Biri tabiiy, yana biri gibrid usulida barpo qilingan. Bemalol yoshlar jamoalari u erda o‘zining rasmiy o‘yinlarini o‘tkazadi va 1000 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan tribunalar bor.

Bundan tashqari, 40x20 ko‘rinishdagi plyaj futboli uchun ham maydon barpo etilmoqda.

Oshxona esa 150 kishiga mo‘ljallangan. Yana uch qavatdan, 50 kishiga moslashgan mehmonxona ham futbol bazasi ichida yaratilgan.

Yangi futbol bazasida 50 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh ham mavjud. Bino ham o‘zgacha yondashuv asosiyda qurildi va uning ichida alohida klub muzeyi ham tashkil qilindi. U erdagi sharoitlar chindan ham havas qilarli darajada.

E’tiborlisi, “Andijon” klubining bazasi qurilishi uchun 31 mlrd mablag‘ sarflandi.

Bir so‘z bilan aytganda, FIFA va OFK talablariga to‘liq javob beradigan O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan qarorgoh barpo etildi.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!