Shomurodov “bomba” transfer bo‘ladi! Evropaning mashhur ligasida Eldorni kutishyapti

  • 18 iyun, 21:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining sardori va eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodovga xaridorlar navbati shakllana boshladi.

Tecno

O‘tgan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazib, “Roma”ning inqirozdan chiqishiga va Evropa ligasiga yo‘llanma olishiga katta hissa qo‘shgan o‘zbek legionerining Rimdagi kelajagi hali to‘liq oydinlashmagan.

“Roma”da bosh murabbiy almashib, Eldorning qadrdon ustoziga aylangan Klaudio Ranerining o‘rniga Jan Pero Gasperinining kelgani tabiiyki, tarkibda jiddiy o‘zgarishlar amalga oshishiga sabab bo‘ladi.   

Italiya futboli ekspertlari yangi bosh murabbiy islohotlarni hujum  chizig‘idan boshlashga qaror qilgan va klub selektsionerlari Gasperini talabi bo‘yicha bir necha forvard transferi bo‘yicha ish boshlab yubordi.

Bu o‘rinda, bir necha yildan buyon Evropada nom qozongan futbolchilarni o‘z chempionatiga taklif qilib kelayotgan Turkiya klublari yozgi transferlar vaqtida yana bir necha yangi o‘yinchilarini Superligaga olib kelishga urinib ko‘radi. Bu haqda Turkiyaning bir necha manbalari, xususan, gazetearena.com nashri quyidagi ma’lumotlarni tarqatdi.

- Italiyaning eng muhim jamoalaridan hisoblangan “Roma” hujumchilari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Eldor Shomurodov 2025-2026 yilgi mavsumda mamlakatimiz chempionatida o‘ynashi kutilyapti.

“Galatasaroy”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh” va “Trabzonspor” kabi jamoalar hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida qator yulduzlarni nio‘onga olgan bo‘lsa, “Bashakshehir” o‘zbek yulduzini tanladi.

O‘zbek futbolchisi himoyachilar hujumchilarga qarshi shiddatli va ayovsmz o‘ynaydigan A Seriyadek murakkab ligada ham  o‘z o‘yinlari bilan ajralib turadi. Endi bu yulduz bizning ligada ham nom qozonadigan bo‘lyapti.

Xo‘sh, Eldor Shomurodov kim?

1995 yilning 29 iyun kuni O‘zbekistonda tug‘ilgan Eldor Shomurodov “Mash’al” akademiyasida tarbiyalangan. Jismonan baquvvat hujumchi tez orada mamlakatning eng mashhur klublaridan “Bunyodkor”ga o‘tdi.

Aynan mana shu jamoadagi o‘yinlari orqali Rossiya klublari e’tiborini tortdi va 2017 yili 300 ming evro evaziga  “Rostov”ga borib qo‘shildi.

“Rostov”da ajoyib o‘yinlarini namoyish qilgan Shomurodovni Italiya klublari 2020 yilning kuzigacha kuzatib keldi. Bu uch yillik davr ichida uning transfer bozoridagi narxi 750 mingdan 6,5 million evroga ko‘tarildi.  2020 yilning oktyabrida “Jenoa” Shomurodovni o‘z safiga taklif qildi va bu transfer italiyaliklarga jami 9,5 million evroga tushdi.

Debyut mavsumdagi o‘yini va ko‘rsatkichlari o‘yinchi faoliyatida yangi sahifalarni ochdi. 2021 yili “Roma” hujumchi transferini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchu 19,5 million evro to‘ladi. Rimdagi faoliyati davrida o‘zbek futbolchisi “Spetsiya” va “Kalyari”da ijarada o‘ynab keldi va yakunlangan mavsumni to‘liq “Roma”da o‘tkazdi.

Bu mavsum “Roma” libosida barcha turnirlarda 37 ta uchrashuv o‘tkazgan forvard  bahslarda  7 ta gol va 5 ta assist qayd etdi. Ko‘pincha to‘liq o‘ynamagani hisobiga uning har bir goli har 209 daqiqaga to‘g‘ri kelmoqda.

Eldor Shomurodov – bugungi kunda O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng muhim hujumchisi hisoblanadi. Xalqaro miqyosdagi bellashuvlarda bu futbolchi jami 82 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 42 marta ishg‘ol qilgan.

Bo‘yi 1 metru 90 santimetr bo‘lgan baquvvat bu yigit markaziy hujumchi ega bo‘lishi kerak barcha fazilatlarni o‘zida jamlagani bilan ham e’tiborni o‘ziga tortadi. Bu futbolchi har ikki qanotda ham, yakka hujumchi rolida ham, hatto ikki hujumchili taktikada ham samarali o‘ynay oladi.

“Bashakshehir” va Eldor Shomurodov o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va ijobiy yakunlanishi kutilyapti, - deb yozdi gazetearena.com nashri.

O‘tkir Yusupovning bu “ishi”ni hech kim unutmaydi!

Ularni eslab qoling! Mashhur agent qaysi o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishni aytdi

AQShda Husanovdan “sensatsiya” kutishyapti!

Husanov Shomurodovni “taxt”dan ag‘dardi!

Fayzullaev Angliya klubi nishonida!

Mashhur legionerimiz jamoasini o‘zgartiradi!
Ronaldu Masharipovga: Nima, sen Messining muxlisimisan?!

Fayzullaev: Skautlar argentinalik himoyachini ko‘rgani kelib, Husanovni olib ketishdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
18/06/2025 22:38
Админ босинг сиздан зури йук
Сохибкирон Карши невро плюс Юсупов
18/06/2025 22:35
Далбан админ Турция канака килиб машхур лига