
Xarri Keyn: "Tottenxem"ning maqsadi ChLda g‘olib bo‘lish
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn Chempionlar ligasining guruh bosqichiga tashlangan qur’a natijalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz o‘tgan yili finalga chiqdik, shuning uchun o‘z qobiliyatimizga katta ishonch bilan qarashimiz kerak.
Biz Evropaning eng kuchli jamoalarini mag‘lub eta olishimizni ko‘rsatdik.
Bizning maqsadimiz turnirda g‘alaba qozonish. O‘tgan yilgi kumush bizni yana bir qadam oldinga tashlash uchun ishtiyoq berdi. Muvaffaqiyatga erishamiz degan umiddamiz.
Menimcha, qur’a yaxshi bo‘ldi. Biz ushbu musobaqada ilgari uchrashmagan jamoalar bilan o‘ynaymiz. Bu yaxshi sinov bo‘ladi.
"Bavariya" shubhasiz Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri. Bu juda qiyin bo‘ladi, ammo biz har qanday jamoani mag‘lub etishimiz mumkinligini his qilyapmiz," - dedi Keyn.
Eslatib o‘tamiz, ChL guruh bosqichida "Tottenxem"ga "Bavariya", "Olimpiakos" va "Tsrvena Zvezda" klublari raqiblik qilishadi.
Fikrlar