
Xabib Nurmagomedov Pol Xyuzga ajoyib taklif berdi
Engil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov irlandiyalik jangchi Pol Xyuzni Dog‘istonga taklif qildi.
“Jang uchun rahmat, Pol. Men sizni va butun oilangizni Dog‘istonga taklif qilaman, istalgan vaqtda kelishingiz mumkin. Ishoning, u er sizga yoqadi va tashrifingiz ko‘plab yosh avlodlar uchun o‘rnak bo‘ladi” — deb yozdi Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 25 yanvar kungi PFL turnirida Xyuz rossiyalik jangchi Usmon Nurmagomedovdan ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar