
VXLda o‘ynaydigan xokkeychi 23 yoshida vafot etdi
Xokkey bo‘yicha VXL musobaqasi ishtirokchisi "Yujniy Ural" jamoasi xokkeychisi Pavel Krutiy 23 yoshida vafot etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchi mashg‘ulot vaqti o‘zini yomon his qilgan. Shundan so‘ng, unga tez tibbiy yordam vakillari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga olib ketilgan.
Sportchi shifoxonada, ya’ni, reanimatsiyada jon bergan. Uning o‘limiga sabab - o‘pka tromboemboliyasi tashxisi qo‘yildi.
Fikrlar