
Vinisius "Real" safidagi o‘zining 50-golini urdi
"Real" Madrid klubi futbolchisi Vinisius Junior kecha jamoa tarkibida o‘zining 50-golini urdi. U klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yarim final o‘yinida Misrning "Al-Ahli" jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu ko‘rsatkichga erishish uchun Viniga 202 bahs etarli bo‘ldi. Ushbu bellashuvda madridliklar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Real" safida eng ko‘p gol urgan braziliyaliklar orasida faqatgina Roberto Karlos (68 gol) va Ronaldo (104 gol) Vinisiusdan oldinda.
Fikrlar