Viktor Kumikov: "Hozircha uyga ketaman"

  • 21 noyabr, 2022, 23:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Turon” – “Andijon” (4:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

“Mavsum oxirida yoqimsiz holat bo‘ldi. Bu biz uchun hech nimani hal qilmas o‘yin edi. Jamoani uchrashuvga tayyorlash ham oson bo‘lgani yo‘q. Tarkibimizdagi yarmi futbolchilar diskvalifikatsiya qilingan. Buning ustiga betoblar ham ko‘p edi. Bugungi bahsda asosan zaxira futbolchilari va uch nafari asosiy tarkibdagilar edi, qolganlar kam o‘yin o‘tkazgan va yoshlar jamoasidan taklif etilishgan. Tabiiyki, natija shunga yarasha bo‘ldi. “Turon” yaxshi jamoa. Bizning ikkinchi tarkibimiz bilan engil harakatlandi.

- Yirik hisobdagi mag‘lubiyatni kutmagandingiz?

- Aytyapman-ku, kutilmagan xolat bo‘ldi. Asosiy tarkibdan uch nafari qolganlari yoshlar edi. O‘yin amaliyoti kam bo‘lgan yosh futbolchilar chiqib o‘z mahoratlarini ko‘rsatishi kerak edi. Kimdadir o‘xshadi, kimdadir yo‘q.

- Kelasi mavsum uchun qanday rejalar bor? Tarkib o‘zgaradimi?

- Menda hech qanday reja yo‘q. Boshqalar hal qiladi. Shartnoma taklif qilishmadi, nimadir og‘zaki aytishdi. Hozircha uyga ketaman, nima bo‘lishini keyin ko‘ramiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
22/11/2022 07:19
Виктор Кумиков манашу таркибда у'йнаан барча футболчиларга жавобини бериб кетгизворинг булар супер лигага муносиб эмас