
Viktor Kumikov: "G‘alabamizga ishongandim"
“Yangier” – “Andijon” (1:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Viktor Kumikov o‘z fikrini aytdi.
- Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonishimizga ishonchimiz katta edi. O‘yin boshidanoq o‘yinni nazorat qildik. Tarkibimizda jarohatdan qaytgan futbolchilar bor edi. Mana, bugun biz yoshlarga ishongandik, buning samarasini o‘zinglar ko‘rdinglar. Hisob 0:3 bo‘lgan paytda yigitlar biroz o‘yinni bo‘shashtirdi. Natijada javob golini o‘tkazdik. Ehtimol, hisob yirik ko‘rinish olgach, ortiqcha xotirjam bo‘lgandirmiz. Asosiysi, g‘alaba qozondik. Natija muhim edi.
“Yangier” yaxshi jamoa. Buni o‘zinglar ham ko‘rdinglar. Ularga 15 daqiqa o‘ynashga imkon berdik. Taktikamiz shunaqa edi.
Ildar Mamatkazin tajribali, uni bizga yordam berishiga ishongandik. U bir yarim oy o‘ynamadi. Lekin unda mahorat bor. U jamoani hamjihatligini ta’minlaydigan haqiqiy etakchi. Qolaversa, u sardor. Qaytganidan xursandman.
“So‘g‘diyona”ni o‘yinini ko‘rib, o‘rganib chiqamiz. Bu raqibni yutishga harakat qilamiz. Chunki guruhdagi oxirgi o‘yin – “Aral”gacha hammasini hal qilib olsak yaxshi bo‘lardi.
Fikrlar