
Viktor Kumikov: "Endi 2-davraga xotirjam tayyorgarlik ko‘ramiz"
"Aral Samali" - "Andijon" (1:6) uchrashuvidan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Kumikov o‘z fikrlarini bildirdi.
- Bugun yaxshi o‘ynab g‘alaba qozondik. Endi 2-davra o‘yinlariga xotirjam tayyorgarlik ko‘ramiz.
To‘g‘ri, o‘yinda tezkorlik bo‘lmadi, lekin asosiysi g‘alabaga erishdik.
Albatta, bunday yirik hisobdagi g‘alabani kutgandim. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar charchab qolishdi, balki jimoniy tomondan tayyorgarligi yaxshi emasdir. Menimcha, birinchi bo‘limda biroz qarshilik qilishdi. Ob-havo ham oz-moz ta’sirini o‘tkazdi. Umuman olganda, o‘yindan to‘liq qoniqdim, - deydi Viktor Balyutovich.
"Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar