"Valensiya" rossiyalik futbolchisini sotadi

  • 3 may, 2020, 17:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya" klubining rossiyalik yarim himoyachisi Denis Cherishev yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Superdeportes nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘rshapalaklar” rossiyalik futbolchini koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab sotishga majbur bo‘lishmoqda.

Aytish kerakki, Cherishev "Valensiya" sotadigan yagona futbolchi emas, Denis bilan bir qatorda darvozabon Yasper Silessen, himoyachi Muktar Diakibi, yarim himoyachilar Joffre Kondogbiya va Ferran Torres, hujumchilar Kevin Gameyro va Rodrigo Moreno ham transferga qo‘yilishi kutilmoqda.

29 yoshli Cherishev joriy mavsum “Valensiya” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!