
Umtiti "Barsa"ga yordam berishni xohlamayapti
“Barselona”ning markaziy himoyachisi Samyuel Umtiti klub rahbariyati bilan mojaro arafasida turibdi.
Sport.es xabariga ko‘ra, 28 yoshli frantsiyalik futbolchi boshqa jamoaga o‘tishni muntazam ravishda rad etib kelmoqda va o‘z navbatida bu "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatining g‘azabini keltirmoqda.
Ta’kidlash kerakki, Umtiti mavsum avvalida 5 ta taklifni rad etib, o‘ziga “Barsa”da yana bir imkoniyat berishlarini so‘ragan edi. Ammo u birinchi davrada o‘zini ko‘rsata olmadi.
"Barselona" esa yangi futbolchilarni olib kelish uchun ish haqini tushirishi kerak. Umtiti bu masalada klubga yordam berishga shoshilmayapti.
Taxminlarga ko‘ra, JCh-2018 g‘olibi Chempionlar ligasi ishtirok etadigan klubdan taklif kutmoqda.
Fikrlar