Ulug‘bek Baqoev: "Nasaf” avvalgi turda “Paxtakor”ni enggan edi. Ularning qanday kuchli jamoa ekanini bilardik"

  • 10 oktabr, 2022, 16:23
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "bo‘rilar" ustozi Ulug‘bek Baqoevning fikrlari bilan tanishib chiqing: 

"Oldingi o‘yindan keyin tiklanish jarayoni qiyin kechmoqda. Futbolchilarda ham jismoniy, ham ruhiy tomondan muammolar bor edi. “Nasaf” avvalgi turda “Paxtakor”ni enggan edi. Ularning qanday kuchli jamoa ekanligini bilardik. Shogirdlarimga bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

Bugungi o‘yinda ham futbolchilarni jarohati tufayli almashtirishga majbur bo‘ldik. Jasur Hasanov va Vitaliy Denisov bugun o‘yinni oxirigacha davom ettira olishmadi", - dedi jizzaxliklar bosh murabbiyi.

 

Manba: O‘zPFL matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bekzod Alikulov
10/10/2022 16:47
gala o'lik qariyalarni yig'vogansan komandaga, yiqilib yotvoluradi, bunaqa o'yin bilan natija qilaman desang yig'ishtir o'yinni