Endi u hech qachon “Barsa” uchun o‘ynolmaydi!

  • 21 sentabr, 10:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli sobiq futbolchi va murabbiy Bernd Shuster “Barselona”ning germaniyalik darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o‘ziga yangi jamoa topishi zarurligini uqtirdi.

Tecno

- Hammaga ma’lum, “Barselona” o‘ziga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarning ko‘ngliga qarab o‘tirmaydi va ularga nisbatan qat’iyat ko‘rsatadi. Ter Shtegenning o‘rnida bo‘lganimda yanvarda yangi jamoa topishga harakat qilardim.

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik uchun asosiy darvozabon Joan Garsiya ekani ochiq ko‘rinib turibdi. Uning o‘rinbosari sifatida Voytsex Shchesni e’tirof etilgan. Ter Shtegenga esa, endi shunchaki imkoniyat berilmaydi, - dedi Bernd Shuster.

Ta’kidlash joizki, uzoq yillar “Barselona”ning asosiy darvozaboni bo‘lib kelgan Mark-Andre ter Shtegenning klub rahbariyati va murabbiylar shtabi bilan munosabati buzildi. Flik o‘z hamyurtidan asosiy darvozabon maqomini olib qo‘yganidan keyin kataloniyaliklar yozda uni  sotib yuborishga harakat qilgan edi.

Mark-Andre ter Shtegen klubga qarshi borib, boshqa jamoaga o‘tishdan bosh tortdi. Keyin germaniyalik darvozabon jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Ammo o‘rniga olingan yangi golkiper Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini beradigan hujjatlarni imzolamay, klubga anchagina “bosh og‘rig‘i” bo‘ldi. Uning klub bilan yana uch yillik shartnomasi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!