
Husanovning "Arsenal"ga qarshi harakatlari necha ballga loyiq ko‘rildi?
"Manchester Siti" APL 5-turining markaziy bahsida "Arsenal" bilan kuch sinashdi va 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushgan holda, 45 daqiqa harakat qildi. Uning bir bo‘limdagi harakatlarini esa bir necha mashhur portallar turlicha baholadi.
"Fotmob" vakilimizni 6.4 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 6.8 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur "Flashscore" sayti esa hamyurtimizni 6.7 ballga loyiq ko‘rdi.
Fikrlar