Tezkor: Jarohat olgan Husanovning ahvoli haqida dastlabki ma’lumot berildi

  • 21 sentabr, 22:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining beshinchi turida chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa – “Arsenao” va “Manchester Siti” o‘zaro to‘qnash keldi.

Tecno

Uchrashuv mehmonlar uchun muvaffaqiyatli boshlanib, 9-daqiqadayoq Erling Xoland hisobni ochdi. Boshlang‘ich tarkibdan joy olgan Abduqodir Husanov 15-daqiqada raqib sardori Gabrieldan to‘pig‘iga zarba qabul qilib oldi. Tibbiyot xodimlari yordam berganidan keyin legionerimiz o‘yinni davom ettirdi.

Biroq tanaffusda Xosep Gvardiola Abduqodirni zaxiraga olishga qaror qildi va uning o‘rniga o‘ng qanot himoyachisi Mateush Nuneshni maydonga tushirdi.

Sports.uz portali “Manchester Siti” faoliyatini yoritib  kelayotgan nufuzli manba – cityxtra.co.uk saytining Abduqodir Husanov ahvoli haqida chiqargan dastlabki ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qiladi.

- 21 yoshli Abduqodir Husanov bir hafta ichida uchinchi marta boshlang‘ich tarkibdan joy oldi. Xosep Gvardiola birinchi marta ketma-ket uchta uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda biror o‘zgartirish qilgani yo‘q.

“Arsenal” birinchi bo‘limda hujumkor o‘yin namoyish qildi, ayniqsa, ular “shaharliklar”ning xalqaro tanaffusdan keyin yangilangan pozitsiyasi – o‘ng qanot bo‘ylab juda katta bosim uyushtirishga urindi. Biroq bu joyda o‘ynagan Husanov hech narsa va hech kimni o‘tkazgani yo‘q.

O‘zbek futbolchisi birinchi bo‘lim davomida raqib hujumchisi Leandro Trossarga umuman imkoniyat bermadi, muntazam yakkakurashlarni o‘z foydasiga hal qildi, “kanonirlar”ni darvozaga yaqinlashtirgani yo‘q.

Birinchi bo‘lim oxirida Husanov raqib bilan to‘qnashuvda maydonga yiqildi, “Manchester Siti” tibbiyot xodimlari osiyolik himoyachiga yordam ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi.

Xosep Gvardiola taqvim tig‘izligini inobatga olib, Husanovni ehtiyot qilishni ma’qul topdi va tanaffusdan keyin uning o‘rniga Mateush Nuneshni maydona tushirdi. Hozircha, o‘zbek legioneri jarohatining darajasi ma’lum emas. Voqealar rivojini kuzatib boramiz, - deb yozdi cityxtra.co.uk sayti eksperti Vayam Laxoti.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” uchrashuv yakunlanishi arafasida gol o‘tkazib yuborib, g‘alabani boy berdi va faqatgina bir ochko bilan kifoyalandi.

Shomurodov “qurbonlari” qatoriga yana bittasini qo‘shdi

 

G‘alaba kerak bo‘lsa, Husanovni o‘ynat!

Fayzullaev o‘tishi mumkin bo‘lgan 30 dan ortiq klub bor edi...

Husanov “Manchester Siti”ni o‘zgartirib yubordi...
Husanov klub afsonasi o‘rnini egalladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Is'hoqjon Ro'ziyev
22/09/2025 11:50
O'llaring bu kuningdan fitnachi spots uz xodimlari
Baxil Alihuja
21/09/2025 23:45
хеч кандай ма'лумот йук!
бу хабарни хамма билади