UFC afsonalari uchun omadsiz kecha yoxud "UFC 256" turniri natijalari bilan tanishing!

  • 13 dekabr, 2020, 11:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bir necha daqiqaqalar avval, "UFC 256" turnirining ikkinchi markaziy jangida engil vazn toifasining etakchilaridan biri "El Kukuy" nomi bilan mashhur Toni Fergyuson navbatdagi jangini o‘tkazdi. U ushbu divizionning yangi yulduzlaridan biri Charlz Oliyveraga qarshi oktagonga ko‘tarildi. 

Tecno

Uch raund davom etgan jangda braziliyalik Oliyvera Fergyusonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. "Parter"dagi katta ustunlik evaziga Oliveyra hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi. Shu tarzda Toni ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Markaziy jangda esa, super engil vazn toifasi chempioni Deyveson Figeredo reytingda birinchi raqamli bo‘lgan da’vogar Brendon Moreno bilan shiddatli jang olib bordi. Yakunda ushbu to‘qnashuv durang bilan tugadi. 

Shuningdek, yana bir qator qiziqarli janglar bo‘lib o‘tdi. Quyida, ularning natijalari bilan tanishishingiz mumkin.

Rafael Fiziev - Renato Moykano - birinchi raundda Fiziev nokautga uchratdi.

Kevin Xolland - Ronaldo Souza - mazkur to‘qnashuvda Xolland nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Junior Dos Santos - Siril Geyn - Geyn ikkinchi raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi.

Daniel Pineda - Kab Svonson - Svanson birinchi raundda nokaut bilan g‘alabaga erishdi. 

Makkenzi Dyorn - Virna Yandiroba - Dyorn hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘olib chiqdi.

Billi Kuarantillo - Gevin Taker - Taker hakamlarning yakdil qaroriga muvofiq, g‘alaba qozondi.

Piter Barrett - Cheys Xuper - Xuper bo‘g‘ish uslubi evaziga zafar quchdi. 

Tisha Torres - Sem Xyuz - Torres birinchi raundda texnik nokaut bilan g‘olib chiqdi. 

Anvar Boynazrov MMA yo‘nalishida debyut jangini o‘tkazdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!