"UFC 308" turnirining bonus egalari ma’lum. Ular orasida qo‘shnimiz ham bor

  • 27 oktabr, 2024, 07:09
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

BAA ning Abu-Dabi shahrida "UFC 308" turniri o‘tkazildi. Musobaqadan so‘ng UFC matbuot xizmati 5 nafar bonus egalarini ma’lum qildi.

Etiborlisi, mazkur ro‘yxatdan Xamzat Chimaev, Iliya Topuriya, Sharabitdin Magomedov, Mateush Rebetski qatori super jang o‘tkazgan Qirg‘iziston vakili Myktibek Orolbay ham o‘rin oldi. Ushbu jangchilarga qo‘shimcha bonus sifatida 50 ming dollar miqdorda mukofot pullari berildi.

Ma’lumot uchun, Raffael Serkeyrani engish uchun 50 soniya sarf etgan Ibo Aslanga ushbu bonus topshirilmadi. Ammo Dana Uayt unga ma’lum miqdorda qo‘shimcha pul bilan mukofotlanishini aytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!