
UFC 249 da "Ilonlar to‘qnashuvi" bo‘ladi
9 may (Toshkent vaqti bilan 10 may) kuni UFC 249 turniri bo‘lib o‘tishidan xabaringiz bor. Ushbu jang kechasiga bo‘lgan qiziqish har doimgidanda yuqori desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Chunki uzoq kutilganligi, qolaversa ayni kunda koronavirus panemiyasi tufayli katta musobaqalar o‘tkazilmayotganligini inobatga olsak, butun jahon ushbu turnirga diqqat e’tiborini qaratgan. O‘z o‘rnida turnir kardi ham a’lo darajada tanlangan. Jastin Getji- Toni Fergyuson, Genri Sexudo- Dominik Kruz, Frensis Ngannu – Jairzino Rozenstrayk, Entoni Pettis- Donald “Kovboy Serrone, Yurayya Xoll- Ronaldo “Jakare” Souza, Aleksey Oleynik –Fabrisio Verdum, Djeremi Stivens - Kelvin Kattar, Greg Xardi - Yorgan De Kastro, Karla Esparza - Mishel Uotterson, Visente Lyuk - Niko Prays, Bryus Mitchel - Charlz Rosa, Rayan Spenn - Sema Alvi bir-biriga mos bo‘lgan raqiblar. Shunchaki RESPEKT!
To‘g‘ri, asosiy karddagi juftliklar to‘qnashuviga e’tibor yanada ko‘proq bo‘lishi shubhasiz... Lekin anchadan buyon MMA, jumladan, UFC ni muntazam tomosha qilib boradigan muxlislarni yana bir jang juda qiziqtirayotganligi aniq. Bu to‘qnashuv garchi, titul uchun kechadigan janglar soyasida qolayotgan bo‘lsa-da, lekin uslublar to‘qnashuvi nuqtai nazardan ulardan aslo qolishmaydi.
Bu Fabrisio Verdum ( 23-8-1) va Aleksey Oleynik (58-13-1) o‘rtasidagi jangdir. Nega? degan tabiiyki savol tug‘iladi. Bunga biroz izoh berib o‘tamiz. Har ikkisi MMA olamidagi “sabmishn” lar ya’ni bo‘g‘ish uslublarining ustalari hisoblanadi. Ular asosan g‘alabalarini ushbu uslullar evaziga tantana qilishgan. Misol uchun, Verdum faoliyatidagi 23 ta muvaffaqiyatning 11 tasini shu uslub orqali qo‘lga kiritadi. Bu 48 % degani. Oleynik esa, faoliyatidagi 58 ta g‘alabasining 46 tasiga “sabmishn” orqali erishadi. Bu 79 % daganidir. Alekseyning o‘zi ham intervyularidan birida Verdum bilan to‘qnashuvimiz og‘ir vaznda kimning “sabmishn”lar qiroli ekanligini aniqlab beradi, degan edi.
Endi ularning imkoniyatlari haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, braziliyalik Fabrisio Verdumning doping sababli chetlatilganidan so‘ng, ilk jangi bo‘ladi. U so‘ngi jangini 2018 yil 17 martda UFC Fight Night 127 turnirida rossiyalik Aleksandr Volkovga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi. Ukrainalik jangchi esa, bir necha oy avval ya’ni 2020 yil 18 yanvardagi UFC 246 turnirida Maurisio Grinni aynan o‘zining sevimli uslubida mag‘lub etgandi. Undan avval ketma-ket Alistar Overim hamda Uolt Xarrisdan mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. Bu faktlarni keltirishimizga sabab, har ikkisi ham ayni holatda juda zo‘r formada deb bo‘lmaydi. Qolaversa har ikkisi 42 yoshni qarshilashga ham ulgurishgan. Bir xil uslublar to‘qnashuvida albatta, biroz bo‘lsada, rang-barang harakat qila oladigan jangchida imkoniyat ko‘proq bo‘ladi. Bu borada esa, braziliyalik qisman ustunroq sanaladi. Chunki, u Oleynikka nisbatan tik turib, ya’ni “stoyka”da ham jang olib bora oladi. Lekin uning bitta minus tomoni anchadan buyon rasmiy janglarda ishtirok etmaganligida deb ayta olamiz. Xullas, “ilonlar to‘qnashuvi” dagi imkoniyatlarni 50%-50% desak to‘g‘ri bo‘lar... Albatta, bu bizning shaxsiy fikrlarimiz va taxminlarimiz. Kimning imkoniyati yuqori va yakunda g‘olib kim bo‘ladi? Buni tez orada bilib olamiz.
Fikrlar