Ueyn Runi "Derbi Kaunti"dan ketishi mumkin

  • 25 iyun, 2021, 19:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Derbi Kaunti" klubi bosh murabbiyi Ueyn Runi egallab turgan lavozimidan ozod etilishi mumkin.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda, agar moliyaviy hisobot qoidalarini buzganligi uchun unga nisbatan sanktsiyalar qo‘llanilsa, 35 yoshli mutaxassis klubni tark etmoqchi.

Gap shundaki, “Derbi Kaunti”ga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishi, aniqrog‘i jamoa Chempionshipdan Liga 1 ga tushirib yuborilishi mumkin. Runi esa bunday past divizionda ishlashni xohlamayapti.

Ueyn Runi "Derbi Kaunti"ni 2020 yilning noyabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi o‘tgan mavsum Chempionshipni 21-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!