
Uch karra O‘zbekiston chempioni “Manchester Yunayted” yulduziga taklif bilan chiqdi
Futbolchilik faoliyati davomida Braziliya, Ispaniya, Gretsiya va O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Rivaldo “Manchester Yunated”dagi hamyurti Antoniga boshqa ligaga ko‘chib o‘tishni maslahat berdi.
- Antoni hozir anchadan beri qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan jamoa a’zosi hisoblanadi. Mening fikrimcha, Angliyadan ketish uning foydasiga ishlaydi.
U o‘zining mahorati, qobiliyati va o‘yini bilan har qanday katta jamoaga qo‘shilib keta oladi. Masalan, Ispaniyada o‘ynashi mumkin, - dedi Rivaldo.
“Manchester Yunayted” 24 yoshli braziliyalik futbolchini 2022 yili 95 million evroga transfer qilgan edi. Antoni Anglmya Premer-ligasida kutilgan darajaga ko‘tarila olmadi.
Eslatib o‘tamiz, “Oltin to‘p” sohibi va jahon chempioni Rivaldo o‘z davrida “Bunyodkor” jamoasida to‘p tepib, 2008, 2009 va 2010 yilgi chempionatlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, braziliyalik futbolchi bir bor O‘zbekiston kubogi sohibi va chempionat to‘purari ham bo‘lgan.
Fikrlar