Turkiya hamda La Liga klublari Koutinoni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida

  • 31 avgust, 2023, 19:44
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" futbolchisi Filippe Koutino faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. 

Jurnalist Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, braziliyalik xavbek transferiga Turkiyaning "Beshiktosh" hamda Ispaniyaning "Real Betis" klublari qiziqmoqda. 

Birmingemliklar yangi mavsumda unga ishonch bildirmaydi. Braziliyalik transfer oynasi yopilgunga qadar APL klubini tark etishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Filippeni "Aston Villa" "Barselona"dan 20 million evro evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib olgandi.


Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!