
"Tottenxem" o‘z maydonida "Liverpul"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (video)
Angliya premer-ligasining 20-turida “Tottenxem” o‘z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi.
Londonda kechgan bellashuv gollarga boy kechdi. Yakunda esa 1:3 hisobida mersisaydliklarning qo‘li baland keldi. “Liverpul”ga g‘alaba keltirgan gollarni Roberto Firmino (45'), Trent Aleksander-Arnold (47') va Sadio Mane (65') kiritdi. “Tottenxem”ning yagona goliga Per-Emil Xeyberg (49') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar