"Tottenxem" "Lion" futbolchisi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

  • 13 iyun, 2019, 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi "Lion" yarim himoyachisi Tangi Ndombeleni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “shporlar” ushbu masala yuzasidan 22 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Qayd etish lozimki, Ndombele uchun shuningdek "Real", "Manchester Yunayted" va "Liverpul" kabi jamoalardan ham qiziqishlar bor. Ammo, ular orasida faqatgina “Tottenxem” uni sotib olish masalasida ishlarni olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Ndombele o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatida 34ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 7ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!