
"Tottenxem" Beyl borasida bir qarorga keldi
"Tottenxem" yarim himoyachi Garet Beyl transferini "Real"dan sotib olmoqchi. Bu haqda "Express" nashri xabar tarqatdi.
London klubi rahbariyati uelslik futbolchi o‘zining optimal formasiga qaytganiga umid qilmoqda va u bilan shartnoma imzolamoqchi. Avvalroq, MLS jamoasi ham Garetni xarid qilishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Beyl joriy mavsum "shporlar" safida 9ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2 golga assistentlik qilgan.
Fikrlar