
Toshkentda tug‘ilgan futbolchi boshqa terma jamoaga ketdi. U Evropada o‘ynaydi...
Armaniston milliiy terma jamoasi 26 mart kuni Pragada Chexiya terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Terma jamoa rahbariyati tarkibga birinchi marotaba “Baltika” futbolchisi Tigran Avanesyanni jalb qildi.
Tigran 2002 yili Toshkentda tug‘ilgan. Ikki yoshligida oilasi bilan Kaliningradga ko‘chib ketgan. Mahalliy “Baltika” va Moskvaning TsSKA klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Iste’dodli yarim himoyachi 17 yoshgacha Rossiya yoshlar terma jamoasida o‘ynagan. Keyin Armaniston U-21 yoshlar terma jamoasida o‘ynab kelayotgan edi.
Armaniston terma jamoasi murabbiylar shtabi Pragaga yo‘l olishdan oldin tarkibda o‘zgarishlar qilishiga to‘g‘ri keldi. Himoyachi Edgar Grigoryan viza bilan bog‘liq muammo tufayli Chexiyaga uchmadi. Yarim himoyachi Edgar Piloyan esa 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoaga o‘tkazildi.
Bu yo‘qotishlar o‘rni Tigran Avanesyan bilan to‘ldirildi.
Ta’kidlash lozimki, yaqinda yana bir futbolchi – “Shtutgart” himoyachisi Anton Valdemar Germaniya terma jamoasidagi debyutini nishonlagan edi. Valdemar aslida Olmaliqda tug‘ilgan futbolchi hisoblanadi.
Fikrlar