
Top-klublar “kushandasi” uchun 100 million evro ajratildi
“Chelsi” tarkibiga ko‘p gol ura oladigan hujumchi qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Klub skautlari rahbariyatga shvetsiyalik forvard Aleksander Isaakni qo‘shishni tavsiya qilmoqda.
Bu bejiz emas, albatta. Klub mutasaddilari 25 yoshli futbolchining statistikasini tahlil qilib, ajoyib ko‘rsatkichga duch keldi.
Aleksander 2022 yilning yozida “Nyukasl”ga ko‘chib kelganidan beri Angliya Premer-ligasi top-klublarining “kushandasi”ga aylandi. Shved hujumchisi an’anaviy tarzda chempionlik va Evrokuboklar yo‘llanmalari uchun kurashadigan etakchi jamoalar darvozasiga jami 14 ta to‘p kiritgan.
Xususan, mohir to‘purar “Chelsi”ning o‘ziga to‘rtta gol urdi. Bundan tashqari, “Manchester Siti”ga ikkita, “Arsenal”ga bitta, “Liverpul”ga uchta va “Tottenxem”ga to‘rtta bor ojiz qoldirdi.
Isakning transferi uchun “Chelsi” rahbariyati 100 million evro tikishga qaror qildi. Uning “qarg‘alar” bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar