Tezkor! Krouford - Kanelo jangi bo‘lmasligi mumkin!

  • 6 avgust, 2024, 20:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Turki Al ash-Shayx ijtimoiy tarmoqlarda to‘rt vaznda jahon chempioni Terrens Krouford va besh vaznda jahon chempioni Saul “Kanelo” Alvares o‘rtasida jang tashkil etish rejasidan voz kechganini ma’lum qildi.
Shayx buning o‘rniga AQSh da katta musobaqalar tashkil etishga e’tibor qaratmoqchi. U hamkorlikni davom ettiradigan bokschilar orasida Krouford, Jeyron Ennis, Devin Xeyni, Shakur Stivenson, Virjil Ortis, Devid Benavidez, Jared Anderson va Uilyam Sepeda bor. 

Tecno

"Tim Tszyuga kelsak, u bilan hal qilish kerak bo‘lgan jihatlar bor, shuning uchun biz bu vaziyatni yana bir bor ko‘rib chiqyapmiz", – dedi ash-Shayx.

Ma’lumot uchun, hozirda shayx  "Entoni Joshua – Daniel Dyubua"(21 sentabr), "Dmitriy Bivol – Artur Beterbiev" (12 oktabr), "Tayson Fyuri – Aleksandr Usik (21 dekabr) janglarini tashkil etishga e’tibor qaratmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!