Tezkor: Bobur Abduxoliqov Belarus chempioni, deb e’lon qilinishi kutilmoqda!

  • 1 fevral, 2023, 23:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2022 yilgi mavsumda Bobur Abduxoliqov etakchiligidagi “Energetik-BGU” jamoasi Belarus chempioni, deb e’lon qilinishi mumkin. O‘tgan mavsumda ushbu jamoada bir necha o‘zbek futbolchilari – Abduqodir Husanov, Amirbek Baqoev, Shohruhbek Abdurahmonov va Abbosbek Jumaqulov to‘p tepgan edi.

Tecno

Ma’lumki, “Energetik-BGU” 30 ta uchrashuvda 60 ochko jamg‘arib,  chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunladi va o‘z tarixida ilk bor oliy liga sovrindori bo‘ldi. Bunda barcha o‘yinlarda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 26 marotaba ishg‘ol qilgan Bobur Abduxoliqovning hissasi juda katta bo‘ldi.

20220520113206

Abduxoliq mavsumning eng yaxshi futbolchisi, to‘purar poygasi g‘olibi, Belarus chempionatlari tarixida eng ko‘p gol urgan legioner sifatida tan olindi. Shuningdek, hamyurtimiz bir necha rekordlar sohibi ham bo‘ldi.

Oliy ligada birinchi o‘rin ketma-ket uchinchi bor “Shaxtyor-Soligorsk” jamoasiga nasib qilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, bu jamoa kelishilgan o‘yinlarda ayblanmoqda va katta ehtimol bilan uning o‘tgan yilgi natijalari bekor qilinadi.

Bu haqda Belarus futbolini yoritib borayotgan taniqli insayder Vadislav Tatur o‘z kanallari orqali xabar tarqatdi.

Yana bir manba – by.tribuna.com sayti “Shaxtyor”direktori Aleksandr Marchenko 30 yanvar kuni o‘z ish joyidan huquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan chaqirtirilganini ma’lum qildi. Bu mutaxassis o‘z lavozimida 2021 yilning yanvaridan ishlab kelayotgan edi.

22 yanvar kuni Soligorsk klubining yana bir vakili – sport direktori vazifasida ishlab kelgan  Vladimir Nidergaus Minsk shahrida qo‘lga olingan. Asli qozog‘istonlik bu mutaxassisni Belarusdan Germaniyaga deportatsiya qilinishi kutilmoqda.

Bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, Belarus  tergov qo‘mitasi 30 yanvar kuni “Shaxtyor” klubiga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgan. “Shaxtyor” chempionlik mavsumi davomida kelishilgan o‘yinlarga aloqadorlik va musobaqa ishtirokchilarini sotib olishda gumon qilinmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, agar “Shaxtyor” klubining aybi isbotlansa, qoidaga ko‘ra, uning o‘tgan mavsumdagi barcha natijalari, xususan, chempionlik unvoni ham bekor qilinishi kerak. Agar ish shunday yakunlansa, “Energetik-BGU” Belarus chempioni, deb e’lon qilinishining ehtimoli katta.

Eslatib o‘tamiz, Belarus chempionatining o‘rtamiyona jamoalaridan hisoblangan “Energetik-BGU”ning so‘nggi uch yildagi natijalarining o‘sishida o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilarining hissasi katta.

2020 yilgi mavsumning birinchi yarmida  bu jamoada Jasurbek Yaxshboev porlagan edi. Keyinchalik bu futbolchimiz aynan “Shaxtyor-Soligorsk” jamoasiga ko‘chib o‘tib, Belarus chempioni bo‘ldi.

O‘sha mavsumning ikkinchi yarmida – Jasur Yaxshiboev Soligorskga ko‘chib o‘tganidan keyin, jamoa etakchiligini Shahboz Umarov o‘z zimmasiga oldi. Bu futbolchimiz ham keyingi mavsumni BATEda boshlab, “Belarus” chempionati kumush medal sovrindori va mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi.

1ade8cef3029288d6bb01b2680341f68

Yangi mavsumda Abdulqodir Husanov, Amirbek Baqoev va Shohruhbek Abdurahmonov “Energetik-BGU”da to‘p tepishi kutilmoqda.

Igor Sergeev faoliyatini qaerda davom ettirishi hal bo‘ldi!

Shomurodovning “Spetsiya”dagi debyutini qachon ko‘ramiz?

O‘runovni pul “sindirdi”!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!