Tez yugurish mana bunaqa bo‘ladi...

  • 23 oktabr, 2022, 12:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining 12-turida “Liverpul” o‘z maydonida “Vest Xem”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Yurgen Klopp shogirdlariga g‘alaba keltirgan yagona golni Darvin Nunes kiritdi. Shu o‘yinda, urugvaylik futbolchi tez yugurish bo‘yicha Angliya premer-ligasi rekordini yangiladi.

23 yoshli futbolchi maydonda soatiga 38 kilometr tezlik qayd etgani aniqlangan. Bu yangi rekord. Avvalgi eng tezkor natija Kayl Uokerga tegishli bo‘lib, u o‘yinlardan birida soatiga 37, 802 kilometr tezlik ko‘rsatkgan.

Darvin Nunges Urugvayning “Penyarol” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yili Evropaga ko‘chib o‘tib, Ispaniya chempionatida “Almeriya”, Portugaliya ligasida “Benfika” sharafini himoya qilgan.

“Liverpul” yozda uni 80 million evroga xarid qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!