
Teo Ernandes yubileyida gol urdi!
Italiya chempionatining 13-turida "Milan" o‘z maydonida “Fiorentina”ni qabul qildi va bu o‘yin mezbonlar himoyachisi Teo Ernandes uchun A Seriyadagi 140-o‘yin bo‘ldi.
Aynan Teo birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi: Frantsiyalik himoyachi birinchi bo‘lim so‘ngida penalti ishlab oldi va shaxsan o‘zi 11 metrli zarbani golga aylantirdi. Teo uchun esa bu milanliklar safida A Seriyadagi 25-gol bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli himoyachi "Milan"da 2019 yildan buyon to‘p surmoqda.
Fikrlar