Teo Ernandes akasini "Milan"ga taklif qilmoqda

  • 1 aprel, 2020, 09:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" himoyachisi Teo Ernandes ayni vaqida "Bavariya"da to‘p surayotgan akasi Lukas Ernandes bilan bir klubda o‘ynash niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Tecno

"Orzuyim akam bilan bir klub tarkibida birga to‘p surish. Bungacha biz yoshlar jamoasida birga o‘ynaganmiz. Bu esa yana amalga oshishiga umid qilaman va agar Lukas "Milan"ga kelsa ajoyib bo‘lar edi", - deydi Teo Ernandes.

Eslatib o‘tamiz, aka uka frantsiyalik futbolchilar "Atletiko Madrid" tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. Teo "matraschilar" safidan 2017 yil "Real"ga, Lukas esa 2019 yilda "Bavariya" tarkibiga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!