
Ten Xag: "Qo‘rqinchli start, lekin..."
Erik ten Xag "Manchester Yunayted" g‘alaba uchun kurashishga tayyorligi haqida gapirdi.
“Qo‘rqinchli start, lekin jamoa ajoyib xarakter ko‘rsatdi. Biz xotirjam va diqqatimizni jamlagan holda o‘ynashda davom etdik. Biz o‘zimizga ishondik, rejaga amal qildik.
"Nottingem Forest"ni hurmat qilgan holda gapirsam, raqibning bunday gollar urishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Aytganimdek, biz xotirjamlikni saqladik. Bu ajoyib natija. Jamoa o‘zini qo‘lga olishiga guvoh bo‘ldik. Uchrashuvni shunday boshlasangiz, vaziyatni tubdan o‘zgartirish kerak. Bu oson emas. Shuning uchun, men o‘yinchilarni qadrlayman.
Bizda xarakter bor. Aalbatta, ba’zi narsalarni yaxshilashimiz lozim, lekin umuman olganda, bu jamoa har qanday vaqtda qayta olish xususiyatiga ega", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar