
Ten Xag nega jamoaga yulduzlarni olib kelmayotganini aytdi
“Manchester Yunayted” tarkibini super yulduzlar bilan to‘ldirgani yo‘q. Hozircha, amalga oshirilgan transferlar kutilgan samarani bermayapti.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag jurnalistlarning qimmatbaho o‘yinchilarni olish haqidagi talabiga quyidagicha javob berdi.
- Siz jurnalist, har doim u o‘yinchini olib keling, mana bu yulduzni transfer qilish kerak, deb uqtirasizlar.
Lekin klub moliyaviy feyr-pley qoidalariga bo‘ysunishi shart. Biz tarkibni shakllantirishni mana shu qoidalar doirasida amalga oshirishga majburmiz, - dedi niderlandiyalik bosh murabbiy.
Fikrlar