
Ten Xag MYuning mag‘lubiyati haqida: "Buni omadsizlik demagan bo‘lardim. Sababini hamma yaxshi tushunib turibdi"
Angliya premer-ligasi 7-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Kristal Pelas" bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdan so‘ng "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag mag‘lubiyatga izoh berdi.
"Yigitlar harakat qilmadi, deya olmayman. Ammo oxirgi daqiqalarda biz yomon o‘yin namoyish etdik. Gol urish uchun sizda ishtiyoq va xohish bo‘lishi kerak. Buni omadsizlik demagan bo‘lardim. Sababini hamma yaxshi tushunib turibdi.
Raqibni hurmat qilgan holda aytishim mumkinki, "Kristal Pelas" bilan o‘yinda g‘alaba qozonish shart. Vaziyatlarimiz bor, biroq gollar yo‘q. O‘yin sifatimiz achinarli ahvolda", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar