Temir Maykning bloger bilan jangi bekor qilinishi kerak. Tayson kasal!

  • 28 may, 2024, 17:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

20 iyul kuni Arlingtondagi (AQSh) “AT&T” arenada katta boks oqshomi bo‘lib o‘tadi. Unda bloger Jeyk Pol va sobiq jahon chempioni Mayk Tayson o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi. Aytish kerakki, ushbu jang professional xarakterga ega bo‘ladi va bu allaqachon etarli tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Jangda nokautlarga ruxsat berildi, shuning uchun ko‘pchilik 57 yoshli Temir Maykning sog‘lig‘i uchun kurashishni boshladi. Tayson yosh bloger bilan jang qilishi kerak, ammo raqiblar o‘rtasida 30 yosh tafovut bor. Yaqinda esa Tayson samolyotda kasal bo‘lib qolgani haqida xabar tarqaldi. Afsona hatto shifokorlar yordamiga muxtoj bo‘ldi.

Tecno

The New York Post gazetasining yozishicha, Temir Mayk Mayamidan Los-Anjelesga parvoz paytida o‘zini yomon his qilgan. Taysonning oshqozon yarasi bezovta qilishi oqibatida kuchli og‘riqni boshdan kechirdi va ko‘ngil aynishi hamda bosh aylanishidan shikoyat qildi. Natijada afsonaviy bokschi tibbiyot xodimlaridan yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Albatta, jamoa vakillari hozirda Maykning ahvoli yaxshi ekani haqida xabar berishdi. Ammo ular Taysonning sog‘ligi bilan yuzaga kelgan so‘nggi muammolarini yashirishlari mumkin degan xabarlar mavjud.

Mayk Tayson i Djeyk Pol

“Janob Tayson oshqozon yarasi kuchayganligi sababli erga qo‘nishdan 30 daqiqa oldin ko‘ngil aynishi va bosh aylanishini boshdan kechira boshladi. Unga yordamga kelgan tibbiyot xodimlaridan minnatdor. Biroq parvozning kechikishiga aynan Maykga ko‘rsatilgan tibbiy yordam sabab bo‘lgani haqidagi xabar yolg‘on. Bu ikki soatlik kechikish samolyotdagi konditsioner bilan bog‘liq muammolar tufayli ro‘y berdi”, — deyiladi Taysonning jamoasi bergan xabarda.

Aytish joizki, bu Taysonning sog‘ligi bilan bog‘liq so‘nggi yillardagi birinchi xavotirli xabar emas. 2022 yilda Tayson belidagi muammolar tufayli uzoq vaqt hassa bilan yurgan va keyin uni Mayami aeroportida nogironlar aravachasida ko‘rishgan. Keyinchalik Taysonning o‘zi ham uning sog‘ligidagi muammolar surunkali va juda jiddiy ekanligini tasdiqlagan: "Siyatika yomonlashganda, men hatto gapira olmayman. Xudoga shukur, sog‘ligimdagi yagona muammo shu”.

Yuqoridagi holatlardan so‘ng Tayson va Pol o‘rtasidagi jangni zudlik bilan bekor qilish kerak degan fikr paydo bo‘ladi. Yoki hech bo‘lmaganda uning maqomini professionaldan ko‘rgazmali jangga o‘zgartirish lozim.

Mayk Tayson — Djeyk Pol

Taysonning ushbu jangga jismoniy jihatdan qanchalik tayyor ekanligi to‘liq aniq emas. Albatta, Temir Mayk tashqi ko‘rinishidan juda yaxshi va quvnoq ko‘rinadi. Ammo sakkiz raundda ishlash juda jiddiy kuch sinovidir. Hatto ba’zi yosh bokschilar ham bunday uzoq raundli janglarga dosh bera olmaydilar. Tabiiyki 57 yoshli Maykga bunday jiddiy sinovni engib o‘tish juda qiyin bo‘ladi. Tayson bilan solishtirganda, Pol baquvvat yigit kabi ko‘rinishi mumkin. Jeyk tezlik va chidamlilik bo‘yicha faxriydan o‘zib ketishiga shubha yo‘q.

Temir Maykning muammolariga engil vazn toifasida jahon chempioni Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov ham to‘xtalib o‘tdi. U ushbu qarama-qarshilik g‘oyasini tanqid qildi: "Bu soxta jang. Jeyk Pol qanday qilib bundan uyalmasligi mumkin? Yosh yigitcha qanaqasiga 57 yoshli va anchadan beri kuchdan qolgan Taysonni jangga chorlaydi? Polning hayotida nima etishmayapti? Agar u adrenalinni xohlasa va shunchalik jasur bo‘lsa Frensis Ngannouga qo‘ng‘iroq qilsin. Ngannou bokschi bo‘lmasa-da, unga yaqin. Har qalay u 57 yoshda emas."

Albatta, Pol o‘z bilganidan qolmaydi. U o‘zining professional rekordini jang san’atining qarigan yulduzlarini kaltaklash orqali qo‘lga kiritmoqchi. Ammo jamoatchilik uning Mayk bilan jangini zudlik bilan bekor qilishi kerak. Hech bo‘lmaganda faxriyning professional boks rivojiga qo‘shgan hissasini hurmat qilish uchun. Qolaversa, uning sog‘ligidagi muammolari xavotirli "qo‘ng‘iroq" bo‘lib, uni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Championat.com saytidan Baxtiyor Toshtemirov tarjimasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!