"Tata Steel Chess-2023": Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov 11-tur bahslarini yakunladi

  • 27 yanvar, 2023, 23:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Niderlandiyada davom etayotgan shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess-2023" musobaqasida 11-tur bahslari o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Masters guruhida g‘oliblik uchun bahs olib borayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hamda uning yaqin ta’qibchisi, mezbon shaxmatchi Anish Giri o‘yinida tomonlar durang qayd etdi. Nodirbek 7,5 ochko bilan hamon etakchilik qilmoqda. Giri esa 7 ochko bilan 2-pog‘onada bormoqda.

Chelenjerlar tasnifida sovrinli o‘rin uchun kurashayotgan Javohir Sindarov ham bugun Niderlandiya vakili Maks Varmerga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o‘yinda ham tomonlar durangga imzo chekdi. 11-tur yakuni bo‘yicha Javohir 7 ochko jamg‘argan holda hamon 3-o‘rinni band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Pardayev Shavkat
28/01/2023 00:39
Ўзбегим ўғлонлари ! Мамлакатимизни дунёга танитишда, амалдорларимиз ҳам сизлардан ўрнак олса эди. Афсус, бизда бундай бўлишига ҳеч кимнинг кўзи етмайди.