Superyulduz “Barsa”ga o‘tishga ko‘ndi

  • 14 dekabr, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” jamoasi sardori Lautaro Martines faoliyatini Ispaniyada davom ettirish uchun “Barselona”ga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, argentinalik hujumchi o‘zini kataloniyaliklar forvardi Robert Levandovskining uzoq muddatli o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Joriy mavsumda Levandovski “Barselona” safida barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Biroq uning amaldagi shartnomasi 30 iyunda tugaydi va klub 37 yoshli forvardga yangi bitim bermasligi ehtimoli katta.

Lautaro Martines uchun ham mavsum samarali o‘tmoqda. “Inter” etakchisi hozirgacha 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatma bilan jamoaga katta foyda keltirdi.

Martinesning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 85 million evroga teng.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!