Ana xolos: Argentina jahon chempionatidan chetlatilishi mumkin

  • 14 dekabr, 08:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi mamlakat futbol assotsiatsiyasidagi (AFA) korruptsiya janjali fonida 2026 yilgi jahon chempionati ishtirokchilari safidan chiqarilishi mumkin.

Tecno

Bu haqda La Nacion nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, AFA rahbariyati vakillari – tashkilot rahbari Klaudio Tapiya, uning ishonchli vakili Pablo Tovigino hamda moliya departamenti rahbarining o‘rinbosari Lusiano Nakis korruptsion holatlar bo‘yicha gumon ostiga olinmoqda.

Sud Pilar shahrida joylashgan 10 gektarlik qo‘rg‘on (mulk)ga, undagi vertolyot maydoni, ot etishtirish fermer xo‘jaligi va 50 dan ortiq retroavtomobillarga kim egalik qilishini aniqlamoqda.

Qayd etilishicha, agar tergov yakunlariga ko‘ra sud ishi ochilsa va davlatning futbol federatsiyasi faoliyatiga aralashuvi aniqlansa, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Argentina terma jamoasini 2026 yilning yozida bo‘ladigan jahon chempionatidan  chetlatishi mumkin.

Bundan avval, politsiya AFA binosida hamda mamlakatdagi 13 ta futbol klubida noqonuniy moliyaviy operatsiyalarda, xususan, pul yuvishda ishtirok etganlik gumoni bilan tintuv ishlarini o‘tkazgan edi. Tergov Sur Finanzas kompaniyasi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu kompaniya AFA prezidenti Tapiyaning yaqin do‘sti Ariel Valexoga tegishli va futbol klublariga homiylik qilgan.

Tergovchilarning fikricha, Sur Finanzas klublarga qarz mablag‘lari berib, to‘lovlarni televizion yoki marketing huquqlari orqali olib turgan bo‘lishi mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!