O‘zbekistonlik futbolchining goli evaziga uning klubi tarixiy rekord qayd etdi!
Bu hafta "Persepolis" Oston O‘runov urgan yagona gol evaziga "Paykan"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba jamoaga nafaqat turnir jadvalida muhim ochkolar olib keldi, balki Eron chempionati tarixida yangi rekord ham qayd etildi.
Pro liga tarixida "Persepolis" hech bir jamoani "Paykan"ni mag‘lub etganidek ko‘p marta yutmagan. Hozirga qadar Tehron klubi ushbu raqibga qarshi o‘yinlarda jami 92 ochko to‘plagan bo‘lib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha barcha jamoalardan ancha oldinda bormoqda.
Qayd etish joizki, "Paykan" chempionatning 25 mavsumining 5 tasida ishtirok etmagan. Agar jamoa barcha mavsumlarda qatnashganida, mazkur rekord yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi.
Ma’lumot uchun, bugun O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi harakat qilayotgan jamoa "Alyuminium"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 17:45'da start oladi.



Fikrlar