
Tarixda birinchi marta yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi stadion tashqarisida o‘tkaziladi
Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida 65 000 nafargacha tomoshabin bevosita qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sportchilar esa Elisey saroyi orqali Konkord maydoniga kirib kelishadi.
Davlatlar delegatsiyalari paradlarini Elisey maydonining pastki qismidan boshlashadi va Parijdagi eng katta maydonga yig‘iladi.
"2024 yil 28 avgustda bo‘lib o‘tadigan ochilish marosimi nogironligi bo‘lgan insonlar va umuman frantsuz jamiyati hayotini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 12 kunlik sport tadbirining katta boshlanishi bo‘lib xizmat qiladi", - deyiladi Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi xabarida.
Ma’lumot uchun, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida dunyoning 184 ta mamlakatidan 4 400 nafar sportchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Fikrlar