
"Surxon" - "Neftchi" o‘yiniga kiruvchi muxlislar uchun chiptalar narxi e’lon qilindi!
"Surxon" - "Neftchi" bahsiga chiptalar sotuvga chiqdi. Bu haqda termizliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Superliganing 9-tur doirasidagi uchrashuvlarning birida "Surxon" Farg‘onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Chiptalarni iticket.uz saytida xarid qilishingiz mumkin. Narxi 10 mingdan 50 minggacha etib belgilangan (sektorga qarab).
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 7 may kuni "Paxtakor" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahsga 19:00 da start beriladi.
Fikrlar