Superklub mashhur futbolchini mashg‘ulotlardan chetlatdi

  • 18 avgust, 2024, 19:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati bosh murabbiy Tiago Motta talabiga ko‘ra, mashhur futbolchi Federiko Keza bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Tecno

Mutasaddilar hujumkor futbolchini asosiy tarkib mashg‘ulotlaridan chetlatdi.

Jurnalist Jovanni Albaneze xabar berishicha, Keza kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinganiga qadar ikkinchi tarkib bilan mashq qilib turadi.

Yaqingacha jamoaning asosiy o‘yinchilaridan hisoblangan Kezani murabbiylar shtabi yangi mavsum rejalariga kiritgani yo‘q. Federikoning Turin superklubi bilan amaldagi shartnomasi kelasi yoz tugaydi.

Transfermarkt portali ekspertlari 26 yoshli hujumkor futbolchining transfer narxini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!