
Superklub “Barsa” futbolchisi uchun katta summa taklif qildi
Kelasi mavsuvda Angliya Premer-ligasi va Evropa Chempionlar ligasida yuqori natijalar uchun kurashishga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Chelsi” tarkibini kuchaytirish borasida bosh qotirmoqda.
El Chiringuito va Sport.es kabi manbalarning ma’lum qilishicha, “aristokratlar” yozgi transferlar davrida “Barselona” hujumkor futbolchisi Fermin Lopesni qo‘lga kiritmoqchi.
Manbalarga ko‘ra, londonliklar 22 yoshli futbolchi uchun Kataloniya klubiga 75 million evro atrofida badal puli to‘lashga tayyorligini bildirib, dastlabki taklifni yuborgan.
Fermin Lopes “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yakunlangan mavsumda hujumkor futbolchi barcha turnirlarda 46 marta maydonga tushib, sakkizta gol va o‘nta assist muallifi bo‘ldi.
Kataloniyaliklar bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma bilan bog‘langan iste’dodli futbolchi Transfermarkt portali ekspertlari tomonidan 50 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar