
Sulsher tarkibning almashtirib bo‘lmas futbolchisini kimligini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Skott Maktominey uning jamoasida muhim futbolchi ekanligini aytib o‘tdi.
Shotlandiyalik futbolchi so‘nggi ikki hafta davomida jamoasiga yordam bera olmadi, biroq "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda maydonda 90 minut harakat qildi.
"Hozirga vaqtda Skottni tarkibdan olib tashlashning umuman iloji yo‘q. Uni maydonga tushirmaslik imkonini topa olmadim. Unda haqiqiy etakchilik qobiliyati bor. U maydonga tushgan o‘yinlarda Fred erkin o‘ynay oladi.
Skott o‘yinni yuqori saviyada o‘tkazdi. U mashg‘ulotlarda ham juda yaxshi shug‘ullanmoqda, ayni mana shunday yigitlar jamoamizga juda zarur", - deydi Sulsher.
Fikrlar