Sud UFC promoushenini katta jarimaga tortdi

  • 7 fevral, 12:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Nevada sudi mehnat bozorida monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun UFC dan tovon undirishni so‘ragan cobiq jangchilarning  jamoaviy da’vosi bo‘yicha yakuniy qaror chiqardi. Jangchilar promoushenni raqobatchilarni siqib chiqarishda va jangchilarga kamroq maosh olish uchun monopol mavqeidan foydalanganlikda aybladi.

Tecno

Dastlabki da’vo bir milliard dollardan ko‘proqni tashkil etdi, ammo oxir-oqibat tomonlar 375 million miqdorida tovon to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishdi va sud bu qarorni tasdiqladi. Pul 2025 yil ichida da’vogarlarga to‘lanishi kerak. Sud ma’lumotlariga ko‘ra, 35 nafar sobiq jangchilarning har biri bir million dollardan, yuz nafardan sal kamroq odam 500 mingdan, yana 200 nafari 100 ming dollardan, qariyb 800 nafari esa 50 ming dollardan ko‘proq pul oladi. Bu haqda "ALLBoxing" xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, bu kelishuv faqat 2010-2017 yillar oralig‘ida UFC da ishtirok etgan jangchilarga tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!