
Srechko Katanets nima sababdan termadan ketgani aytildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi
"Sloveniyalik murabbiy o‘z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to‘laqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qo‘llab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanetsga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlarini uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi.
O‘FA hamda Srechko Katanets o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro do‘stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda", - deyiladi O‘FA bergan xabarda.
Fikrlar
« Қарғиш – ўқ » дейишар, билмасмидингиз,
Ўша тунда бедор йиғлаб, тонг оттирган,
Фарходни шу куйга солмасмидингиз ...
Ичларим ачишяпти шу футболга,
Таъсир қилар хали ўгитларим хам,
Ўзбекистон футбол истиқболини,
Армон қилмасмикан фарзандларим хам…